Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
...
Yangilash: ...

Maqsad va vazifalar

Menyu

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 518-sonli qaroriga muvofiq, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va aholining himoyaga muhtoj guruhlarini jamiyatga integratsiyalash maqsadida, “International Inclusive Hub” Xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi (keyingi o‘rinlarda – Hab) tashkil etildi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiy bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritadi. Hab bolalar va yoshlar, jumladan, alohida ehtiyojga ega shaxslar uchun teng imkoniyatlar, inklyuziya va professional ta’limni ta’minlash bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro inklyuziv Hab maqsadlari

  • Alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar va yoshlar hamda himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun qo‘shimcha ta’lim va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo’lishda teng sharoitlarni ta’minlash. Bu, shuningdek, reabilitatsiya va abilitatsiya imkoniyatlarini yaratish hamda tengdoshlar bilan birga ta’lim jarayonida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
  • Yoshlarni jamiyatga ijtimoiy integratsiyalashuvi va mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, ularga hujjatlar bilan tasdiqlangan kasbiy ko‘nikmalarni berish.
  • Inklyuziv jamiyatni rivojlantirish maqsadida davlat strukturalari, xalqaro tashkilotlar va jamoat institutlarini birlashtiradigan inklyuziv ta’lim platformasini yaratish.

Xabning asosiy vazifalari

1. Tahlil va moslashuv:

  • Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega yoshlarni jamiyatga integratsiyalash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish.
  • Inklyuziv dasturlarni ishlab chiqish.

2. Ta’lim faoliyati:

  • Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish: teng imkoniyatli sharoitlarda ta’lim va kasbiy moslashuvni ta’minlash.
  • Ilg‘or xorijiy tajribaga asoslanib, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim dasturlarini joriy etish.

3. Ijodiy faoliyat va shaxsiyatni rivojlantirish:

  • Maxsus ehtiyojga ega yoshlar o‘z iste’dodlarini inklyuziv muhitda namoyish eta oladigan to‘garaklar va ijodiy ustaxonalarning tashkil etilishi.

4. Metodik qo‘llab-quvvatlash:

  • Maktablar va kasb-hunar ta’lim muassasalarida foydalanish uchun inklyuziv o‘quv dasturlari va metodik materiallarni ishlab chiqish.
  • Alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarga, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan muassasalarda, ta’lim jarayonida tashkil etishda yordam ko’rsatish.

 


Biz bilan bog’lanish
Kontakt-markazi 24/7
Ishonch telefoni
Ish tartibi: dushanba-juma 09:00-18:00
Ish tartibi:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X