Menyu
Kurs haqida
“Xalqaro inklyuziv hub” taklif etayotgan noyob taʼlimiy loyihaga surdotarjimon va eshitishda nogironligi boʻlgan insonlar qatnashishlari mumkin. Loyiha xalqaro imo ishora tilni (XIIT) oʻrganishga qaratilgan boʻlib, u ishtirokchilarga nafaqat xalqaro imo ishora tili asoslarini oʻrganish, balki xalqaro darajada eshitishda nogironligi boʻlgan insonlar bilan ishonchli muloqot olib borish imkoniyatini yaratadi.Kurs 6 oy davomida boʻlib oʻtadi va nazariy hamda amaliy mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi. Uning dasturi xalqaro standartlarga asoslangan boʻlib, oʻquvchilarni nafaqat asosiy bilimlar bilan taʼminlaydi, balki xalqaro tadbirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkonini beradi.
Mashgʻulotlarni malakali oʻqituvchi olib boradi, yakunlovchi imtihonlarda esa BAA, Yaponiya va Kanadalardan onlayn tarzda xalqaro ekspertlar tomonidan oʻtkaziladi. Bu baholashning shafofligini taʼminlaydi.
Kurs kimlarga mos keladi?
Surdotarjimonlar, oʻz malakasini oshirmoqchi boʻlsa va xalqaro imo ishora tilini oʻrganish orqali professional imkoniyatlarini kengaytirishga intilayotganlar uchun.
Eshitishda nogironligi bor insonlar, xalqaro jamoaga integratsiyalashish va taʼlim, madaniyat va kasbiy loyihalarda ishtirok etishni xohlovchilar uchun.
Kursdan qanday foyda olasiz?
Xalqaro imo ishora tili (XIIT)ni oʻzlashtirish.
Xalqaro imo ishora tilida erkin muloqot qilish va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini olish mumkin.
Onlayn platforma orqali videodarsliklar, amaliy topshiriqlar va testlardan foydalanishgiz mumkin.
Oʻqitish formati:
Videodarslar: 72 ta professional videolar, nazariy va amaliy bilimlarni oʻrganishga yordam beradi.
Amaliyot: 72 soatlik amaliyot, offlayn formatda tashkil etilib, muloqot koʻnikmalarini yaratishga qaratilgan.
Onlayn imtihonlar: oraliq va yakunlovchi attestatsiyalar, xalqaro ekspertlar ishtirokida boʻlib oʻtadi.
O‘qituvchi bo‘lmoq
Sizning tajribangiz, murakkab mavzularni oddiy tilda tushuntirish qobiliyati va kerakli bilimlarni o‘zlashtirishga yordam berish istagi muhimdir.