Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта

Qandolatchilik

«Qandolatchilik san’ati» kursida siz milliy va zamonaviy shirinliklarni tayyorlash sirlari bilan tanishasiz, eng so‘nggi qandolatchilik texnikalarini o‘rganasiz va brendingizni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish san’atini egallaysiz.
3 oy
O‘qish muddati
2 kun / 2 soatdan
Mashg‘ulotlarning davriyligi
12 kishi
Guruh tarkibi
Menyu

Kurs haqida

Kurs dasturi quyidagilarni o’zida birlashtiradi:

  • o‘zbek qandolatchiligi asriy an’analari;
  • zamonaviy yevropa texnikalari;
  • tabiiy mahsulotlar bilan ishlash va mualliflik dekorlari.

Kurs mos keladi:

  • shirinlik tayyorlashni noldan o‘rganishni yoki mahoratini oshirishni xohlovchilarga;
  • milliy retseptlarni zamonaviy tendensiyalar bilan uyg‘unlashtirish niyatidagilarga;
  • o‘z qandolat ishini ochishni yoki kafe, restoranda ishlashni rejalashtirayotganlarga;
  • desertlarni bezash va ularni estetik tarzda taqdim etishni o‘rganishni istaganlar.

Nimalarni o‘rganasiz

  • O‘zbek va zamonaviy desertlarni noldan tayyorlash: chak-chak, pahlava, mussli pirojnilar, tartaletkalar va boshqalar.
  • Har xil tekstura va mahsulotlar bilan ishlash: xamir, muss, glazur, karamel, mastika.
  • Zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo‘llash: silikon qoliplar, kulinariya payalniklari, aysing.
  • Tayyorgarlik jarayonini rejalashtirish: vaqtni tejash, mahsulot xarididan tortib, ularni saqlashgacha.
  • Desertlarni taqdim etish va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish: fotosessiya, qadoqlash, storytellling.

Siz qo‘lga kiritasiz

  • Kulinariya bo‘yicha keyingi rivojlanish uchun mustahkam baza va ishonch.
  • Kursni tugatganlik haqida sertifikat.
  • O‘z ishlaringizdan iborat shirin portfolio.
  • Shaxsiy mini-biznesingizni boshlash yoki umumiy ovqatlanish sohasida ish boshlash imkoniyati.

O‘qituvchi bo‘lmoq
Sizning tajribangiz, murakkab mavzularni oddiy tilda tushuntirish qobiliyati va kerakli bilimlarni o‘zlashtirishga yordam berish istagi muhimdir.
Biz bilan bog’lanish
Kontakt-markazi 24/7
Ishonch telefoni
Ish tartibi: dushanba-juma 09:00-18:00
Ish tartibi:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X