Menyu
Kurs haqida
Habda ilk bor shisha jonlanib, san’atga aylanadigan kurs ochilmoqda.
Siz nimalarni o‘rganasiz:
- vitraj texnikalari va fyuzing asoslari;
- shishani badiiy bezash;
- o‘z ishlaringizni yaratish, qadoqlash va taqdim etish;
- mualliflik brendi yoki ko‘rgazmalarda ishtirok etishning ilk qadamlari.
Har bir mashg‘ulot — bu ijodiy alximiya, unda siz g‘oyalaringizni noyob buyumlarga aylantirishni o‘rganasiz: nafis pannodan tortib interyer kompozitsiyalarigacha.
Kurs quyidagilarga mo‘ljallangan:
- dekorativ-amaliy san’atga qiziqadiganlar;
- fantaziyasini va vizual tafakkurini ochishni xohlovchilar.
Bu yerda siz umringizda shishakesar ushlaganmisiz yoki yo‘q muhim emas. Muhimi — ijod qilishga tayyorligingiz.
Siz yaratadigan ishlar:
Sizning yakuniy loyihangiz huddi shishalardan yaratilgan hikoyaga o’xshaydi:
- vitraj panno, interyer ob’ekti yoki dekorativ kompozitsiya;
- mualliflik taqdimoti — ko‘rgazma yoki portfolio uchun tayyor material.

O‘qituvchi bo‘lmoq
Sizning tajribangiz, murakkab mavzularni oddiy tilda tushuntirish qobiliyati va kerakli bilimlarni o‘zlashtirishga yordam berish istagi muhimdir.