Kecha, 13-noyabr kuni eko-faollar mintaqaviy va xalqaro ekologiya oromgohlari doirasida ishlab chiqilgan iqlim tashabbuslarini taqdim etishdi.
Ular quyidagilar:
-
asosiy maqsadi ekologik bilimlarni berish bo’lgan «Yosh iqlim chempionlari (Young Climate Champions)» yoshlar eko-hamjamiyatini yaratish;
-
Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Vengriya va Turkiyadan qaror qabul qiluvchilar va faollarni birlashtiruvchi xalqaro ko’p tilli raqamli platformani ishlab chiqish;
-
transchegaraviy hududlarda ekotizimlar va biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan «Transchegaraviy ekotizimlar» loyihasi.
Kun yakunida COP29 ning yosh ishtirokchilari ko’rgazma pavilonlariga tashrif buyurishdi va u yerda iqlim siyosati sohasidagi asosiy tashabbuslar, loyihalar va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi.