"International inclusive hub"da kreativ va IT industriyaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi imtihonli qabul o‘tkazilmoqda: Teatr san’ati, Zamonaviy keramika, Rangtasvir, Fashion-dizayn, Media, Robotexnika va mexatronika, Grafik dizayn, 3D modellashtirish, AKT.
Yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirish uchun Polimoda dizayn va moda instituti direktori Massimiliano Jornetti tashrif buyurdi. Mashhur italiyalik dizayner shaxsiy kolleksiyani yaratishda nimaga e’tibor qaratish kerakligi, milliy merosdan qanday foydalanish, stereotip fikrlash chegaralaridan chiqish, nima ilhom manbai bo‘lishi mumkinligi va moda olamida o‘z brendini qanday targ‘ib qilish haqida so‘zlab berdi. Xabdagi Fashion-dizayn yo‘nalishining birinchi qabul o‘quvchilari o‘z ishlarini namoyish etishdi va ustoz dizaynerdan foydali maslahatlar olishdi.