26 Avg 2024
Xabda tomoshabinlar mehrini qozongan "TO‘SIQLAR" nomli badiiy fotoko‘rgazma ochilmoqda. Ekspozitsiya o‘z orzulariga ishonch bilan intilayotgan nogironligi bor insonlarning hayot yo‘li haqida bo‘lib, har bir fotolavha ularning intilishlarini tasvirlaydi.
Ko‘rgazma 26-avgustdan 2024-yil oxirigacha davom etadi.
Ish vaqti: dushanba-juma kunlari soat 17:00 dan 20:00 gacha.
Ko‘rgazmaga kirish bepul.
Sizni ushbu fotoko‘rgazmaga taklif etamiz.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy, 9-qavat.