Kecha, 13-noyabr kuni eko-faollar mintaqaviy va xalqaro ekologiya oromgohlari doirasida ishlab chiqilgan iqlim tashabbuslarini taqdim etishdi.

Ular quyidagilar:

  • asosiy maqsadi ekologik bilimlarni berish bo’lgan «Yosh iqlim chempionlari (Young Climate Champions)» yoshlar eko-hamjamiyatini yaratish;

  • Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Vengriya va Turkiyadan qaror qabul qiluvchilar va faollarni birlashtiruvchi xalqaro ko’p tilli raqamli platformani ishlab chiqish;

  • transchegaraviy hududlarda ekotizimlar va biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan «Transchegaraviy ekotizimlar» loyihasi.

Kun yakunida COP29 ning yosh ishtirokchilari ko’rgazma pavilonlariga tashrif buyurishdi va u yerda iqlim siyosati sohasidagi asosiy tashabbuslar, loyihalar va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi.